Yutuqlar
1 milliard so'm grant
2021-yilinin 19-mart kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining navbatdagi yigʼilishida "DATA" o'quv markazini kengaytirish loyihasi uchun 1 milliard so'm grant ajratildi.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki tomonidan grant ajratildi
2022-yil yakunida "DATA" jamoasi rebrendinga qo'l urdi. Chunki yaqin yillarda "DATA" loyihasi IT ta'lim yo'nalishida markaziy osiyodagi eng yirik tarmoqlashgan markazga aylanishi kutilmoqda. Shu sabab O'zbekistondagi eng kuchli dizayn jamoalaridan biri MA'NO Branding tomonidan "DATA" uchun yangi marketing imdj ishlab chiqildi.
Ushbu xizmat harajatlari YTT banki tomonidan grant sifatida qoplab berildi.
500 million so'm grant
2022-yilda "DATA" ta'lim stansiyasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda "Kelajak mutaxassislari" nomli tanlovni o'tkazdi. Tanlov doirasida Xorazm viloyatida istiqomat qiladigan 300 nafar iqtidorli yoshlar va ijtimoiy yordamga muhtoj oila farzandlarini o'qitish uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 500 000 000 so'm miqdorida grant ajratildi.
Jahon banki tomonidan 230 000 AQSH dollari miqdorida grant
2023-yilda Xorazm viloyatida biznes inkubator va murabbiylik markazini tashkil qilish uchun Jahon banki tomonidan tanlov o'tkazildi. Unda "DATA" ta'lim stansiyasi qatnashib g'olib bo'ldi va 230 000 AQSH dollari miqdorida mablag'larni grant sifatida qo'lga kiritdi.
4 milliard so'm grant
2022-yilda "DATA" ta'lim stansiyasiga "O'zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan
4 milliard so'm miqdorida homiylik grant mablag’i taqdim etildi. Ushbu grant mablag’i hisobiga «DATA» o'z moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlab, o‘quv xonalari sonini oshirdi.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki tomonidan ikkinchi bor grant ajratildi
2023-yilda markaz o'zining marketing va sotuv tizimini yanada takomillashtirish uchun O'zbekistondagi eng kuchli sotuv va avtomatlashtirish bo'yicha ekspert Alisher Isayev jamoasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi.
Ushbu xizmat harajatlarini YTT banki grant sifatida qoplab berdi.
464 million so'm grant
2023-yilda "DATA" talim stansiyasiga ta'lim jarayonlarida foydalanish va gibrit ta'lim tizimiga o'tish uchun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 464 million so'm mablag' ajratildi. Ushbu mablag' hisobiga yuqori texnologiyali interaktiv video studiya harid qilindi.