Dars rejasi
1-dars. Tanishuv. Kurs mohiyati, qiymati va o‘qish tartibi.
Ambassador, brandfase va influyenser farqi, har bir yo‘nalish tushunchasi va qisqacha yo‘l haritasi. Marketing jamoada har birining o‘rni.
2-dars. Videokontent turlari.
Rasmli, video+ovoz, ovozsiz faqat jestikulyatsiya, qadr orti ovozi, intervyu.
3-dars. Ritorika bilan tanishish. Mavzu tanlash.
Nutq tuzish qoidalari. Oratorlik. Logos, pafos, etos
4-dars. Maqsadli auditoriyangizni va ularning o‘ziga hosligini tushunish.
Ushbu dars o‘quvchilarga maqsadli auditoriyani qanday tushunishni va video mazmunini ularning o‘ziga hosligi va qiziqishlariga moslashtirishni o‘rgatadi.
5-dars. Kamera oldida o‘zini tutish: mimika, jestikulyatsiya, tana tili va ovoz ohangi, hissiyotlarni tasvirlash. Ushbu dars ritorikani kuchaytirish va kamera oldida suratga olishda tomoshabinni jalb qilish uchun tana tili va ovoz ohangidan qanday foydalanishga qaratilgan.
6-dars. Matn tuzish
Bu darsda kontent uslubiga qarab matn tuzish o‘rgatiladi. “5W” savollari. So‘zlashuv, publitsistik, ilmiy, rasmiy, badiiy uslublar.
7-dars. Ijodiy videolar uchun ssenariy yozish va kontentni rejalashtirish
Ushbu darsda auditoriya eʼtiborini tortadigan va ularni qiziqtiradigan ijodiy videolar uchun ssenariy yozish va kontentni rejalashtirishga eʼtibor qaratiladi.
8-dars. Nutqni rivojlantirish.
Saxna nutqi. Nutq mashqlari amaliy dars. Ovoz yozish o‘ziga hosliklari.
9-dars. Nutqni rivojlantirish. Nafas olish texnikalari. Chet tili so‘zlari talaffuzi: “Ц” harfi. Ingliz tili talaffuzining asosiy qoidalari.
10-dars. Storytelling
Ushbu dars vizual tarzda qiziqarli video kontent orqali hikoyani qanday aytib berish va auditoriya bilan aloqa o‘rnatishga qaratiladi.
11-dars. To‘g‘ri akustika va yorug‘lik bilan suratga olish joyini tanlash. Video kontentning kayfiyati va muhitini yaxshilash uchun musiqadan foydalanish.
Ushbu dars talabalarga ritorikani kuchaytiradigan, to‘g‘ri akustika va yorug‘likka ega bo‘lgan suratga olish joyini qanday tanlashni o‘rgatadi, video kontentning kayfiyati va atmosferasini yaxshilash va tomoshabin bilan hissiy aloqani yaratish uchun musiqadan qanday foydalanishga qaratiladi.
12-dars. Imtixon
O‘tilgan mavzulardan amaliy imtixon
13-dars: Turli platformalar formatiga mos videokontent qilish
Ushbu darsda Instagram, YouTube, Tik tok, va Telegram uchun kontentning maqsadi va ijtimoiy tarmoqlarning formatidan kelib chiqib video/foto kontent tayerlash o‘rgatiladi.
14-dars: Muayyan effekt yaratish uchun turli xil kamera burchaklari va uslublaridan foydalanish. Stend ap turlari
Ushbu dars o‘quvchilarga turli xil kamera burchaklari va uslublaridan qanday qilib o‘ziga xos effektlarni yaratish va ritorikani kuchaytirishni o‘rgatadi.
15-dars: Videokontentda hazildan foydalanish. Komediya effektining tezligi va vaqti
Ushbu dars yana-da qiziqarli va esda qolarli video yaratish uchun video kontentida hazildan foydalanish hamda komediya videolaridagi temp va vaqtning ahamiyati va uni qanday o‘zlashtirishni o‘rgatadi.
16-dars: Kreativlikni rivojlantirish yo‘llari
Kreativlikni rivojlantirish uchun 10ta usul tanishtiriladi va "Drudl" hamda “Bu kim” usullari amaliyotda bajariladi.
17-dars: Video kontentiga brendingni kiritish
Ushbu dars talabalarga brending elementlarini video kontentiga qanday qilib nozik, ammo samarali tarzda kiritishni o‘rgatadi.
18-dars: Hayajon va qo‘rquvni boshqarish
Kamera oldidagi qo‘rquvni yengish texnikalari o‘rgatiladi.
19- Ishontirish texnikalari
Videokontent ishonchli chiqishi va auditoriya tomonidan to'g'ri qabul qilininshi uchun ishlatiladigan texnikalar o'rgatiladi.
20-dars: Portfolio va shaxsiy sahifa
Ish topish uchun shaxsiy sahifa ko‘rinishi va portfolio yig‘ish tartibi o‘rgatiladi.
21-dars: Tasvirga olish va montaj asosiy qoidalari. Intervyu qoidalari
Tasvirga olishda yo‘l qo‘yiladiga xatolar va montaj imkoniyatlari tushuntiriladi. Intervyu olish tartibi ko'rib chiqiladi.
22-dars: Harakatga chaqirish (CTA) va tomoshabinlarni jalb qilishning ahamiyati
Ushbu dars o‘quvchilarga videokontentda harakatga chaqirish va tomoshabinlarni jalb qilishning muhimligini va ularni qanday qilib samarali amalga oshirishni o‘rgatadi.
23-dars: Instagram uchun ijodkorlik va faollikka qaratilgan video kontent yaratish
Ko'rishlar va kliklar sonini oshirish usullari o‘rgatiladi
24-dars: Imtixon
Barcha o'tilgan mavzular bo'yicha amaliy imtixon.
Kurs o'qituvchisi
Iqbol Masharipova
Oliy maʼlumotli jurnalist, O’zbekiston Milliy universiteti “Jurnalistika” fakultetini tamomlagan. Faoliyati davomida “My5” telekanalida teleboshlovchi va muhbir boʻlib ishlagan, shuningdek “Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi” va “Yoshlar ishlari agentligi” xududiy boshqarmalarida “Media sohasi boʻyicha oʻrinbosar” lavozimida, “Jurnalistlar maktabi” da ustoz sifatida faoliyat yuritgan va 200 nafarga yaqin oʻquvchilarga jurnalistika sohasi boʻyicha taʼlim bergan.